10000
112
6
68
Tashkent Tech universiteti O‘zbekistonda jahon darajasidagi muhandislik ta’limini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayoni talaba markazli yondashuv asosida quriladi. Universitet sanoatni rivojlantirish va mamlakat texnologik taraqqiyotini ilgari surish uchun kompetensiya markazlari hamda ertangi kun yetakchilarini tayyorlashni maqsad qiladi.
Texnologiyalarga tayangan holda O‘zbekistonni ertangi kun chaqiriqlariga tayyorlaymiz.
Universitet respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan sektorlariga — “yashil” energiya, materialshunoslik va zamonaviy sanoat yo‘nalishlariga mutaxassislar tayyorlaydi.
Kampus bazasida amaliy tadqiqot va ishlanmalar markazi tashkil etiladi. Bu yerda talabalar va olimlar sanoat hamkorlari bilan birgalikda dolzarb muhandislik masalalarini hal etadilar.
Talabalar ta’limi davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi
Ta’lim dasturi fundamental fizika va ilg‘or raqamli texnologiyalar (jumladan Smart Grids, AI) kesishgan nuqtada qurilgan. Milliy miqyosda butun tarmoqlarning texnologik transformatsiyasi vazifalarini hal qila oladigan muhandis-liderlar tayyorlanadi
CDIO (Conceive-Design-Implement-Operate) xalqaro standartlarini joriy etish hamda xalqaro maslahatchilar ko‘magida universitet boshqaruvining ilg‘or amaliyotlarini tatbiq etish
Ta’lim milliy yetakchi kompaniyalar bilan yaqin hamkorlikda olib boriladi. Dastur majburiy ishlab chiqarish amaliyotlari va sanoat korxonalarining dolzarb vazifalari bo‘yicha loyiha ishlarini o‘z ichiga oladi